Quyidagi holatlarda: osteoxondroz, osteoartroz, venalarning varikoz kengayishi

YANTARIUM

Quyidagi holatlarda: osteoxondroz, osteoartroz (jumladan, deformatsiyalovchi), venalarning varikoz kengayishi, venoz yetishmovchilik, bosh miya yoki boshqa aʼzolar tomirlarining aterosklerozi, obliterlovchi ateroskleroz, yurakning surunkali ishemik kasalligi (YUIK), yurak yetishmovchiligi

YO‘RIQNOMA

Tarkibi: 1 tabletka ko‘ydagilarni saqlaydi:
faol modda: Qaxrabo kislatasi 150 mg, taurin 250 mg, vitamin S 50 mg.
Yordamchi moddalar: kalsiy stearati, olma pektini, namatak ekstrakti.

Farmakodinamika
Antigipoksik, metabolik, antioksidant taʼsir qiladi.

Qo‘llanilishi:
Quyidagi holatlarda: osteoxondroz, osteoartroz (jumladan, deformatsiyalovchi), venalarning varikoz kengayishi, venoz yetishmovchilik, bosh miya yoki boshqa aʼzolar tomirlarining aterosklerozi, obliterlovchi ateroskleroz, yurakning surunkali ishemik kasalligi (YUIK), yurak yetishmovchiligi, gipertonik kasallik, dissirkulyator ensefalopatiya, bosh miyada qon aylanishining buzilishi, vegetativ-tomir distoniyasi, meteoqaramlik, bronxial astma, surunkali bronxit, angina, buyrak yallig‘lanishi, jigarning yog‘li distrofiyasi, jigar sirrozi, homiladorlik (homilaning kislorod tanqisligi xavfini pasaytirish, shuningdek, tug‘ruqdan keyin tiklanishni jadallashtirish va infeksion asoratlarni oldini olish maqsadida), tug‘ruqdan keyingi davrda (ko‘krak suti hosil bo‘lishini ko‘paytirish, tug‘ruqdan keyin tiklanishni jadallashtirish va infeksion asoratlarni oldini olish uchun), margimush, qo‘rg‘oshin, simob va sh.k. bilan zaharlanishda ziddi zahar sifatida, ORZ, ORVI, gripp, shamollash, stress, uyquning buzilishi, immunitet pasayishi, qon-tomir sababli bosh og‘riqlari, alkogolli intoksikatsiya (poxmel sindromi), o‘ta yuksak chastotali maydonlar, radiatsiya, radito‘lqin va sh.k. ning salbiy taʼsirini bartaraf qilish uchun; keksa kishilarda faollikni saqlab turish hamda turmush sifatini yaxshilash uchun.

Qo‘llash usuli va dozalari:
Ovqat vaqtida qabul qilinadi. 7-14 yoshdagi bolalarga kunning birinchi yarmida tavsiya qilinadi. 14 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1 tabletkadan 2 maxal nonushta va tushlik vaqtida ichish tavsiya qilinadi. Qabul qilish davomiyligi 30 kun.

Qullash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Tabletkalar quyidagi xolatlarda: meʼda ichak yara kasalligini zurayish davrida (ovqat-xazm qilish yullarining shillik qavati kuchli taʼsirlanadi), gipersekretsiya bilan kechuvchi gastrit, bosimi oshganida, urolitiaz (qaxrabo kislotasi metabolizmni raxbatlantiradi, bu oksalat konkrementlarini yana-da jadal xosil bo‘lishiga olib keladi), xomiladorlik gestozining og‘ir shaklida, glaukomada buyurilmaydi.
Qaxrabo kislotasi miya faoliyatini quzg‘atadi (preparat trankvilizatorlar va glitsin taʼsiriga qarshi taʼsir qursatadi), shuning uchun tabletkalarni yetishdan oldin qabul qilish mumkin zmas.

Maxsus ko‘rsatmalar:
Qaxrabo kislotasini sutkada 1 g gacha bulgan dozada qullash, kaliyni tejovchi va siydik xaydovchi samarasini taʼminlaydi, bu qon aylanishi tizimining turli kasalliklari (revmatik nuqsonlar, YUIK va boshqa.) bulgan patsiyentlarda kunduzgi diurezni oshishiga va shishlarni tez kamayishiga olip keladi, shuningdek yurak glikozidlari va siydik xaydovchi preparatlarning dozalarni axamiyatli darajada pasaytirishga imkon beradi.
Butun xomiladorlik davrida qaxrabo kislotasini 7,5 g dan ortiq dozada qabul qilish mumkin emas.

Nojo‘ya taʼsirlari:
Uta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, gastralgiya, meʼda shirasini gipersekretsiyasi bulishi mumkin. Arterial gipertenziyaga moyillig bulgan odamlarda qaxrabo kislotasi preparatlarini tizimli qullash fonida AB oshishi mumkin.

Saqlash sharoiti:
Yorug‘likdan ximoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +25⁰S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, zich yopilgan xolatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati:
2 yil.

Chiqarilish shakli:
20 tadan – 2 blister karton qutida.
30 tadan – 3 blister karton qutida.
30 tadan – poliyetilen flokonda karton qutida.

BFQ DORI VOSITASI XISOBLANMAYDI.
SHIFOKOR RETSEPTISIZ BERILADI.
MAHSULOT SERTIFIKATLANGAN
ISHLAB CHIQARUVCHI: “SOFPHARM” MCHJ ООО “SOFPHARM
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, TOSHKENT SHAHAR, YASHNOBOD TUMANI, FARG‘ONA YOLI KO‘CHASI 25/13.
O‘zR SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOMONIDAN MAʼQULLANGAN.