Taurin tarkibida oltin gugurt mavjud bo‘lgan aminokislotalar

TAURINIUM

Taurin tarkibida oltin gugurt mavjud bo‘lgan aminokislotalar: sistein, sisteamin, metionin almashinuvining tabiiy maxsulotidir. Taurin osmoregulyator va membranoprotektor xususiyatlariga ega, xujayra membranasining fosfolipid tarkibiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi, xujayralarda kalsiy va kaliy almashinuvini normallashtiradi.

YO‘RIQNOMA

Tarkibi:
1 tabletka ko‘ydagilarni saqlaydi:
Faol modda: Taurin 400 mg, chernika ekstrakti 10 mg, magniy laktat 50 mg, vitamin S 20 mg, vitamin V6 2 mkg, lyutein 5 mg.
Yordamchi moddalar: kalsiy stearati, olma pektini, namatak ekstrakti.

Farmakodinamika
Taurin tarkibida oltin gugurt mavjud bo‘lgan aminokislotalar: sistein, sisteamin, metionin almashinuvining tabiiy maxsulotidir. Taurin osmoregulyator va membranoprotektor xususiyatlariga ega, xujayra membranasining fosfolipid tarkibiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi, xujayralarda kalsiy va kaliy almashinuvini normallashtiradi.
TAURINIUM vositasi bilan yurak qon-tomir (YUKT) yetishmovchiligini davolanganda kichik va katta qon aylanish tizimlarida turg‘unliklarni yuzaga kelishi kamayadi: yurak ichki diastolik qon bosimi pasayadi, miokard qisqarishi oshadi (qisqarish va bo‘shashishning maksimal tezligi, qisqarish va dam olish indekslari). TAURINIUM vositasi arterial gipertenziyasi mavjud bo‘lgan bemorlarda arterial qon bosimi (AQB) ni mo‘tadil ravishda tushiradi, AQB past bo‘lgan xolda qon-tomir yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda AQB ga deyarli taʼsir o‘tkazmaydi.
Qand diabet bilan og‘rigan bemorlar TAURINIUM vositasini qabul qila boshlagandan 2 hafta o‘tgach, qondagi glyukoza miqdori kamayadi. Uzoq muddat qabul qilganda (taxminan 6 oylardan so‘ng) ko‘zdagi mikrotsirkulyator qon aylanishi yaxshilanadi.

Farmakokinetika
TAURINIUM vositasini bir marta qabul qilgandan so‘ng TAURIN faol moddasi 15-20 minutdan so‘ng qonda kuzatiladi, 1,5-2 soatdan so‘ng maksimal darajada yetadi va 1 sutkadan so‘ng tanadan butunlay chiqib ketadi. TAURINIUM vositasi ko‘rish organlari faoliyatini qayta tiklashga yordam beradi, to‘qimalardagi energetik va metabolik jarayonlarni faollashtiradi.

  • immunitetni oshiruvchi, ko‘rish va teri xolatiga ijobiy taʼsir o‘tkazuvchi “A” vitaminini erkinlashtirish imkonini beradi.
  • u barcha moddalar almashish, shuningdek oqsillar sintezi, yog‘ va uglevodlarni o‘zlashtirish jarayonlarida ishtiroq etadi.
  • yaralarni tuzalish jarayonlarini tezlashtiradi va yangi xujayralarning paydo bo‘lishiga va o‘sishiga javob beradi.
  • yosh bolalarda suyaklarni va skeletni shakllanishida ishtirok etadi.
  • shubilan birga, immun tizimini faollashtiradi, jismoniy va aqliy salohiyatlarga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi:
TAURINIUM vositasini quyidagi xolatlarda kompleks terapiya xolida qabul qilinadi:

  • turli etiologiyadagi yurak, qon-tomir yetishmovchiligida;
  • yurak glikozidlarini qabul qilish natijasida yuzaga kelgan zaharlanish xolatlarida;
  • qandli diabetning 1-turi bilan ogriganda;
  • qandli diabetning 2-turi, shuningdek giperxolesterinemiyaning moʻtadil darajasi bilan;
  • glaukomani davolashda, boshqa dori vositalari bilan kompleks tarzda kataraktaning barcha turlarini davolashda;
  • ko‘z to‘r pardasi va shox pardasi deformatsiyasini davolashda;
  • ko‘rish organlarining gerpetik shikastlanishida;
  • keratitning barcha turlarini davolashda;
  • shoxparda buzilishini davolashda;

Qo‘llash usuli va dozalari:
Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish tavsiya etiladi.
Ko‘zning ko‘rish qobiliyatini yahshilash, tiklash va ximoya qilish uchun – 8 va yuqori yoshdagi bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan bir maxal, kattalarga 1 tabletkadan 2 maxal.
При сердечной недостаточности ТАУРИНИУМ принимают внутрь по ½ таблетке 2 раза в день за 20 минут до еды, курс лечения – 30 дней. Доза может быть увеличена до 2-3 г (4-6 таблеток) в сутки.
При интоксикации сердечными гликозидами – не менее 1,5 таблетки в сутки.
При сахарном диабете 1 типа – по 1 таблетке 2 раза в день в сочетании с инсулинотерапией, курс лечения 3-6 месяцев.
При сахарном диабете 2 типа – по 1 таблетке 2 раза в день в сочетании с диетотерапией или другими гипогликемическими средствами.
Qandli diyabetning 2 turi, shuningdek giperxolesterinemiyaning mӯʼtadil darajasida - kuniga 2 marta 1 tabletkadan.

Homiladorlik va emizish davrida:
Bu bemorlar guruhida yetarli klinik qo‘llash tajribasi yo‘qligi uchun TAURINIUM vositasini homiladorlik va emizish davrida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Yurak yetishmovchiligi, qandli diabet, yurak glikozidlarini qabul qilish natijasida yuzaga kelgan zaharlanishni davolashda dori vositasini vrach nazorati ostida qabul qilish lozim.

Qullash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Buyrak faoliyatining jiddiy buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarda, yurak glikozidlari, “sekin” kalsiy kanallari blokatorlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyot bo‘ling.

Nojo‘ya taʼsirlari:
TAURINIUM vositasi tarkibidagi moddalar allergik reaksiyalarni yuzaga keltirishi mumkin.

Saqlash sharoiti:
Yorug‘likdan ximoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +25⁰S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, zich yopilgan xolatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati:
2 yil.

Chiqarilish shakli:
20 tadan – 2 blister karton qutida.
30 tadan – 3 blister karton qutida.
30 tadan – poliyetilen flokonda karton qutida.

BFQ DORI VOSITASI XISOBLANMAYDI.
SHIFOKOR RETSEPTISIZ BERILADI.
MAHSULOT SERTIFIKATLANGAN
ISHLAB CHIQARUVCHI: “SOFPHARM” MCHJ ООО “SOFPHARM
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, TOSHKENT SHAHAR, YASHNOBOD TUMANI, FARG‘ONA YOLI KO‘CHASI 25/13.
O‘zR SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOMONIDAN MAʼQULLANGAN.