Asab va yurak-qon tomir tizimlarining ishiga ta'sir qiladi
NEYRODEVIT-KARDIO
Aloxida yoki boshqa xolatlar bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan magniy tanqisligi, kuydagi belgilar bilan kechuvchi xolatlar: yuqori taʼsirchanlik, uyquning biroz buzilishi, meʼda-ichak spazmlari, yurakning tez urishi, tez charchash, mushaklarda og‘riq va sanchilish xissi kuzatilganda
YO‘RIQNOMA
Tarkibi:
1 kapsula ko‘ydagilarni saqlaydi:
faol modda: magniy (Mg++) – 450 mg, valeriana ekstrakti – 50 mg, vitamin V6 – 2 mg, RR vitamini – 20 mg.
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kalsiy stearati.
Farmakodinamika:
Preparatning farmakologik taʼsiri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlariga bog‘liq. Dorivor o‘simlik ekstraktining biologik faol moddalari nerv va yuraktomir tizimlarining faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi va asosan sedativ, anksiolitik taʼsirga ega bo‘lib, qo‘rquv, ruhiy zo‘riqish holatlarini bartaraf qiladi. Vitaminlar ferment tizimining komponentlari hisoblanadi, ular organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi. Piridoksin gidroxlorid (V6 vitamin) – markaziy va pereferik nerv tizimining faoliyatini meʼyorlashtiradi; nikotinamid (RR vitamin) – to‘qimalarning nafas jarayonida, yog‘lar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Magniy xayotiy muxim elementdir, u xujayralarning meʼyoriy faoliyati uchun zarur bo‘lib, ko‘pgina moddalar almashinuvi reaksiyalarida ishtirok etadi. Kisman, u nerv impulslarining o‘tkazilishini boshqarilishida va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi.
Qo‘llanilishi:
Aloxida yoki boshqa xolatlar bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan magniy tanqisligi, kuydagi belgilar bilan kechuvchi xolatlar: yuqori taʼsirchanlik, uyquning biroz buzilishi, meʼda-ichak spazmlari, yurakning tez urishi, tez charchash, mushaklarda og‘riq va sanchilish xissi kuzatilganda, doimiy ruhiy zo‘riqish holati (“menedjer” sindromi); taʼsirchanlik, havotirlik, qo‘rquv, charchoqlik, parishonlik, xotirani buzilishi, ruhiy holdan toyish bilan birga kechuvchi nevrasteniya va nevrastenik holatlar; gipertenziv va kardial turli neyrotsirkulyator distoniya, astenik sindrom (giperstenik shakl), arterial gipertenziyaning I bosqichi; qichishuvchi dermatozlar (ekzema, eshakemi); asab zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lgan bosh og‘riqlari; migren; klimaterik sindromda va dismenoreyaning yengil shakillarida simptomatik vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalarga preparat sutkada 3 marta 2 kapsuladan buyuriladi. Ko‘ngil aynishi paydo bo‘lgan hollarda preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak. Zarurati bo‘lganida bir martalik dozani 3 kapsulagacha oshiriladi. Nerv tizimi tomonidan noxush reaksiyalar (uyquchanlik, bosh aylanishi) yuzaga kelganida sutkada 3 marta 1 kapsuladan buyuriladi. Preparatni qabul qilish oralig‘i – 8 soat. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan emotsional yuklanishidan 30-60 daqiqa oldin preparatni 2-3 kapsuladan bir marotaba qabul qilish mumkin. Davolanish davomiyligi kasallikning turi va belgilarining yuzaga kelish, qo‘shimcha davolash turiga, davolashda erishilgan natijaga ko‘ra shifokor tomonidan aniqlanadi.
Nojo‘ya taʼsirlari:
Extimoliy: kamdan-kam xollarda allergik reaktsiyalar (preparatning ayrim o‘tlarga yuqori taʼsirchanlik bo‘lganda), yengil bosh aylanishi.
Qullash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Preparatning komponentlariga individula yuqori sezuvchanlik yaqqol arterial gipotenziya, bradikardiya, podagra, siydik tosh kasalligi.
Saqlash sharoiti:
Yorug‘likdan ximoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +25⁰S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, zich yopilgan xolatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati:
2 yil.
Chiqarilish shakli:
20 tadan – 2 blister karton qutida.
30 tadan – 3 blister karton qutida.
50 tadan – poliyetilen flokonda karton qutida.
BFQ DORI VOSITASI XISOBLANMAYDI.
SHIFOKOR RETSEPTISIZ BERILADI.
MAHSULOT SERTIFIKATLANGAN
ISHLAB CHIQARUVCHI: “SOFPHARM” MCHJ ООО “SOFPHARM”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, TOSHKENT SHAHAR, YASHNOBOD TUMANI, FARG‘ONA YOLI KO‘CHASI 25/13.
O‘zR SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOMONIDAN MAʼQULLANGAN.