Ichak disbakteriozi va undan keyingi endogen disvitaminozni davolash
LACTICO ZINCUM
Antibiotiklar yoki kimyoterapevtik vositalari bilan davolashdagi ichak mikroflorasini tiklash bo‘yicha davolash.
Chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalardagi intoksikatsiya yoki ichak disbakteriozi va disvitaminozi uchun xarakterli bo‘lgan o‘tkir va surunkali meʼda-ichak buzilishlari.
YO‘RIQNOMA
Tarkibi:
1 sashe (1 g) ko‘ydagilarni saqlaydi:
faol modda Bifidobacterium longum 17x, Bifidobacterium infantis, Bifidobacterium bifidum 263, Bifidobacterium breve, Lactobacillus acidophilus RKMUz-212, Lactobacillus casei, Lactobacillus rhamnosus полирезистентные к антибиотикам, 4 миллиарда; Zinc sulfate 5 mg.
Farmakoterapevtik guruhi: Diareyaga qarshi mikroorganizmlar.
Qo‘llanilishi::
Ichak disbakteriozi va undan keyingi endogen disvitaminozni oldini olish va davolash.
Antibiotiklar yoki kimyoterapevtik vositalari bilan davolashdagi ichak mikroflorasini tiklash bo‘yicha davolash.
Chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalardagi intoksikatsiya yoki ichak disbakteriozi va disvitaminozi uchun xarakterli bo‘lgan o‘tkir va surunkali meʼda-ichak buzilishlari.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Kattalarga: kuniga 2-3 sashe. Davolovchi shifokor bemorning ahvoliga qarab boshqacha sutkalik dozani tavsiya etishi mumkin. Preparatning bir martalik dozasini (1 sashe) qabul qilishlar orasidagi tavsiya etilgan interval 3-4 soatni tashkil qiladi.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: kuniga 1-2 sashe. Davolovchi shifokor bemorning ahvoliga qarab boshqacha sutkalik dozani tavsiya etishi mumkin (1 sashe 10-40 ml 30⁰S gacha bolgan iliq suvda eritiladi). Agarda preparatning sutkalik dozasi kuniga 1 sashe tashkil qilsa, preparat kuniga bir marta qabul qilinishi kerak. Agarda sutkalik doza 1 sashedan ortiq bo‘lsa, preparatning bir martalik dozalarini (1 sashe) qabul qilish orasidagi tavsiya etilgan intervallar 3-4 soatni tashkil qiladi.
Chaqaloqlar (+0): kuniga 1 sashe. 1 sashe birmartalik dozasi ozuqa solingan butilkachada eritiladi yoki chaqaloqqa bevosita kukrak suti bilan emizishdan oldin kichkina qoshiqchada beriladi.
Nojo‘ya taʼsirlari:
Extimoliy: kamdan-kam xollarda allergik reaktsiyalar (preparatning ayrim o‘tlarga yuqori taʼsirchanlik bo‘lganda).
Qullash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Preparatning taʼsir etuvchi moddasi yoki qanday bo‘lmasin boshqa ingrediyentiga yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalar:
Antibiotiklar bilan davolash vaqtida preparatni, antibiotiklarni qabul qilishlar orasidagi tanaffus vaqtida qabul qilish kerak.
Homiladorlik va emizish:
Ushbu preparatni homiladorlik va emizish vaqtida qabul qilish mumkin.
Saqlash sharoiti:
Yorug‘likdan ximoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +25⁰S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, zich yopilgan xolatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati:
2 yil.
BFQ DORI VOSITASI XISOBLANMAYDI.
SHIFOKOR RETSEPTISIZ BERILADI.
MAHSULOT SERTIFIKATLANGAN
ISHLAB CHIQARUVCHI: “SOFPHARM” MCHJ ООО “SOFPHARM”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, TOSHKENT SHAHAR, YASHNOBOD TUMANI, FARG‘ONA YOLI KO‘CHASI 25/13.АБАДСКИЙ РАЙОН, УЛИЦА ФАРГОНА ЙОЛИ 25/13.
O‘zR SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOMONIDAN MAʼQULLANGAN.