Temir tanqisligi anemiyasini oldini olish va davolashda ko‘rsatiladi
AZIPAL-FE
Temir tanqisligi anemiyasini oldini olish va davolashda ko‘rsatiladi. Taʼsirni turli ko‘rinishlari chaqirgan anemiya:
- Jarrohlik aralashuvi
- Ionlovchi nurlanish
- Davomli gemodializ
- Homiladorlik va emiziklik davri
- Jadal jismoniy faollik
- Gipo- va avitaminozlarda
- Xayz ko‘rish qon ketishlari
- Yashirin temir tanqisligi
- Ovqatlanishni yetishmovchiligi
YO‘RIQNOMA
Tarkibi: 1 kapsulda ko‘ydagilarni saqlaydi:
Faol modda: temir (III) gidroksid polimaltozati 100 mg, folat kislotasi (V9 vitamini) 500 mkg, askorbin kislotasi (S vitamini) 50 mg.
Yordamchi moddalar: kalsiy stearat, kraxmal.
Farmakoterapevtik guruhi: antianemik vositalar.
Preparat taʼsiri:
Temir (III) gidroksid polimaltozati: temir (III) gidroksid polimaltozatining ko‘p yadroli yadrosining tuzilishi fiziologik yadro deposi – ferritin oqsili yadrosining strukturasiga o‘xshashdir. Temir (III) gidroksid polimaltozati barqarordir va fiziologik sharoitlarda katta miqdorda temir ionlarini ajratib chiqarmaydi. O‘lchami tufayli, temir (III) gidroksid polimaltozatining shilliq qavatlar orqali diffuziya darajasi olti suv molekulali temir (II) kompleksiga nisbatan taxminan 40 marta kam. Temir (III) gidroksid polimaltozatidagi temir ichakda faol so‘riladi.
Askorbin kislotasi (S vitamini): qon ivishini, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi va qonda lipidlarning darajasini boshqaradi, folat kislotasining metabolizmida ishtirok etadi va qon yaratish, immun tizimining ishini rag‘batlantirib, organizmning himoya faoliyatini oshiradi.
Folat kislotasi (V9 vitamini): organizmda turli metabolik jarayonlar, shu jumladan purin va pirimidin nukleotidlarining sintezi va demak, DNK sintezi uchun koferment hisoblangan tetrogidrofolatgacha qaytariladi. Shuningdek baʼzi aminokislotalarning (shu jumladan metionin, serin) hosil bo‘lishida ishtirok etadi va eritropoezni ragbatlantiradi. Folat kislotaning tanqisligi megaloblast anemiyaga olib keladi.
Qo‘llanilishi:
Temir tanqisligi anemiyasini oldini olish va davolashda ko‘rsatiladi. Taʼsirni turli ko‘rinishlari chaqirgan anemiya:
- Jarrohlik aralashuvi
- Ionlovchi nurlanish
- Davomli gemodializ
- Homiladorlik va emiziklik davri
- Jadal jismoniy faollik
- Gipo- va avitaminozlarda
- Xayz ko‘rish qon ketishlari
- Yashirin temir tanqisligi
- Ovqatlanishni yetishmovchiligi
Qo‘llash usuli va dozalari:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun 1 kapsuladan 2 mahal. 7 – 12 yoshgacha 1 kapsuladan 1 mahal.
- Temir tanqisligini anemiyasi bo‘lgan bemorlar 1 kapsuladan kuniga 2 marta taxminan 3 oy davomida (anemiyaning og‘irliliga qarab) qabul qilishlari kerak.
- Yashirin temir tanqisligi bo‘lgan patsiyentlar 1 kapsuladan kuniga 1 marta 3-4 hafta davomida qabul qilishlari kerak.
- Homilador ayollar, homiladorlikning 14 haftasidan boshlab, 1 kapsuladan kuniga 1 maxal 2 hafta davomida qilishlari kerak, so‘ngra 1 haftaga tanaffus qilishlari va so‘ngra yana bola tug‘ilgunicha takrorlash kerak.
- Emizish davri davomida kuniga 1 kapsuladan buyuriladi.
- Hayz sikli davomida: kuniga 1 kapsuladan xayzdan 2 kun oldin, to‘liq sikl davomida va tugagandan so‘ng 2 kun davomida. Preparat qabul qilishning to‘liq davomiyligi, shu jumladan xayz sikli 10 kundan oshmasligi kerak.
- Jadal jismoniy faolligi bo‘lgan odamlarga preparatni kuniga 1 kapsuladan qabul qilish tavsiya qilinadi.
- Turli omillar va ovqat yetishmovchiligi chaqirgan anemiya bilan xastalangan patsiyentlarga 1 kapsuladan kuniga 1 marta qabul qilish kerak.
Nojo‘ya taʼsirlari:
Extimoliy: kamdan-kam xollarda allergik reaktsiyalar.
Qullash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Homiladorlik (I-uch oyligi). Preparatning komponentlariga individula yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalar:
- Davolash kursi davomida plazmada temirning konsentratsiyasini va gemoglabinning darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Davolash qonning manzarasi normallashgunicha o‘tkazilishi kerak.
- Temirning so‘rilishi pasayishini oldini olish uchun tabletkalarni qora choy, kofe va sut bilan ichish tavsiya qilinmaydi.
- Ahlatni qora rangga bo‘yalishi so‘rilmagan temirning chiqarilishi bilan bog‘liq va hech qanday klinik ahamiyatga ega emas.
Homiladorlik va laktatsiya:Homiladorlikning birinchi uch oyligida preparatni qabul qilish mumkin emas, va ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida mumkin. Polimaltoz kompleksidagi o‘zgarmagan temirning katta bo‘lmagan miqdori ko‘krak suti bilan chiqariladi; biroq emizikli bolalar uchun noxush oqibatlarning rivojlanishini ehtimoli kam.
Saqlash sharoiti:
Yorug‘likdan ximoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +25⁰S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, zich yopilgan xolatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati:
2 yil.
Chiqarilish shakli:
20 tadan – 2 blister karton qutida.
30 tadan – 3 blister karton qutida.
50 tadan – poliyetilen flokonda karton qutida.
BFQ DORI VOSITASI XISOBLANMAYDI.
SHIFOKOR RETSEPTISIZ BERILADI.
MAHSULOT SERTIFIKATLANGAN
ISHLAB CHIQARUVCHI: “SOFPHARM” MCHJ ООО “SOFPHARM”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, TOSHKENT SHAHAR, YASHNOBOD TUMANI, FARG‘ONA YOLI KO‘CHASI 25/13.АБАДСКИЙ РАЙОН, УЛИЦА ФАРГОНА ЙОЛИ 25/13.
O‘zR SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOMONIDAN MAʼQULLANGAN.